Biznesingizsotuv mashinasigaaylanadi.
Reklamadan sotuvgacha — hammasi bitta tizimda: AI chatlarga va qo‘ng‘iroqlarga javob beradi, operatorlar va sotuv agentlari nazoratda, har bir reklama so‘mi hisobda.
yoki qo‘ng‘iroq qiling +998 91 971 09 99
Bepul · 30 daqiqa · 1 ish kunida bog‘lanamiz
- 7 kunda ishga tushadi
- Ochiq narxlar — 99 000 so‘mdan
- AI o‘zbek va rus tilida gapiradi va yozadi
- Dasturchi kerak emas — hammasini o‘zingiz boshqarasiz
Oltita xizmat — bitta tizim
Mijoz reklamani ko‘rgandan to sotuvgacha — hammasi bitta tizimda.
Call-markazni noldan quramiz
Raqamlar, ovozli menyu, operatorlarning ish joyi — hammasini o‘rnatamiz va sozlaymiz. Sizga faqat qo‘ng‘iroqlarga javob berish qoladi.
- Mavjud raqamlaringizni ulab beramiz yoki yangi raqam olib beramiz
- Ovozli menyu: «1 — sotuv, 2 — yetkazib berish»
- Har bir suhbat yozib olinadi
- Operatorlarga ish joyi tayyor
Sotuv uchun kerak bo‘lgan hamma narsa — bitta tizimda
Dasturchi kerak emas. Reklama, chat, qo‘ng‘iroq va agentlarni bitta ekrandan boshqarasiz.
Qiziqqan mijoz darhol operatorga
Chatlarga soniyalarda javob
Hech bir mijoz yo‘qolmaydi
Har bir suhbat yozib olinadi
Operatorlarning AI tahlilchisi
Har bir reklama so‘mi hisobda
Sotuv agentlari xaritada
Ovozli menyuni o‘zingiz o‘zgartirasiz
O‘zbek va rus tilida
Tizim sizniki
Ish bir xil — natija boshqacha
Reklama natijasi
Odatdagidek:Faqat kliklar va layklar
Qaysi reklama sotuv olib kelgani
Instagram va Telegram’dagi xabarlar
Odatdagidek:Soatlab javobsiz qoladi
AI soniyalarda javob beradi, 24/7
5 000 mijozga xabar yetkazish
Odatdagidek:≈ 1 hafta, 10 operator
≈ 25 daqiqa, bir vaqtda 100 ta qo‘ng‘iroq*
Javobsiz qo‘ng‘iroqlar
Odatdagidek:Hech kim sanamaydi
Har biri panelda: kim, qachon
Operatorlar ishi
Odatdagidek:Tekshirib bo‘lmaydi
Har bir suhbat yozuvi va AI bahosi
Sotuv agentlari
Odatdagidek:Qayerdaligi noma’lum, hisobot qog‘ozda
Xaritada jonli, buyurtma darhol omborga
Xarid qilishga tayyor mijoz
Odatdagidek:Ro‘yxatda yo‘qolib ketadi
AI darhol operatorga uzatadi
* Hisob-kitob misoli: o‘rtacha qo‘ng‘iroq 30 soniya.
AI operator mijozlaringiz bilan shunday gaplashadi
Bular namunalar. Nima deyishini biznesingizga moslab yozamiz.
Klinika · Qabul eslatmasi
AI vazifasi: Ertangi qabulni eslatadi va tasdiqlatib oladi
Suhbat
- AICallSale AIAssalomu alaykum! Ertaga soat 10:00 da shifokor qabulingiz bor. Tasdiqlaysizmi?
- MMijozHa, boraman.
- AICallSale AIRahmat! Sizni kutamiz.
Sotuv agentlari boshqaruv tizimi
Agentlaringiz hozir qayerda, qaysi do‘konga kirdi va qancha sotdi — barchasini xaritada jonli ko‘rasiz.
- Jonli xaritaHar bir agent hozir qayerdaligini va bugun qayerlarda bo‘lganini ko‘rasiz.
- Marshrut va rejaAgentga kunlik do‘konlar ro‘yxatini berasiz, tizim qulay yo‘lni tuzib beradi.
- Tashrif tasdig‘iAgent do‘konga kirganini GPS va foto tasdiqlaydi. Yolg‘on hisobot bo‘lmaydi.
- Joyida buyurtmaKatalog, narx va qoldiq agentning telefonida. Buyurtma omborga shu zahoti tushadi.
- Qarzdorlik va to‘lovlarHar bir do‘konning qarzi ko‘rinadi. Agent to‘lovni qabul qilib, tizimga kiritadi.
- Reja va KPIKunlik va oylik reja, uning bajarilishi va agentlar reytingi.
- Ish kuni nazoratiQachon ishni boshladi, qayerda to‘xtadi, qancha yo‘l yurdi — hammasi yozib boriladi.
- Internetsiz ham ishlaydiAloqa yo‘q joyda ham buyurtma oladi, internet chiqishi bilan yuboradi.
- Hisobot TelegramdaKun oxirida rahbarga savdo, tashriflar va qarzlar bo‘yicha hisobot keladi.
Meta reklama tahlili
Facebook va Instagram reklamangizga sarflangan har bir dollar qayerga ketganini ko‘rasiz: qaysi reklama mijoz olib keldi, qaysi biri pulni behuda sarflayapti.
- Barcha kampaniyalar bitta ekranda
- Lid narxi va natijalar har kuni
- AI qaysi reklamani to‘xtatish kerakligini aytadi
- Kunlik hisobot Telegramga keladi
100 000so‘m / oy

Har bir xodimga oʻz ilovasi
Agent va kuryer telefonda, operator Windows kompyuterda ishlaydi. Rahbar paneli esa telefonda ham, kompyuterda ham ochiladi.
CallSale Agent — iPhone va Android uchun ilova
Sotuv agenti va kuryer kun boʻyi shu ilovada ishlaydi. App Store va Google Playʼdan yuklab olinadi.
- Kunlik doʻkonlar yoʻli, kirish GPS bilan tasdiqlanadi
- Rasmli katalogdan buyurtma
- Toʻlovlar va har bir doʻkonning qarzi
- Mashinadan savdo va Bluetooth printerda chek
- Internetsiz ishlaydi, aloqa chiqqach oʻzi yuboradi
- Kuryer uchun: yetkazish, foto va naqd pulni topshirish
Keyingi yangilanishda — ovozli buyurtma«Gapiring — buyurtma tayyor»: agent buyurtmani oʻzbekcha yoki ruscha aytadi, savat oʻzi toʻladi.



CallSale Operator — Windows uchun native ilova
Call-markaz operatorlari uchun alohida dastur. Brauzer kerak emas — kompyuterning oʻzida ishlaydi, shuning uchun tez.



- Kim qoʻngʻiroq qilyapti — oldindan bilasizJavob berishdan oldin mijozning bitimlari, oxirgi qoʻngʻirogʻi va xabari chiqadi.
- Bitta tugmaJavob berish ham, tugatish ham bitta tugmada. Kutishga qoʻyish va hamkasbga oʻtkazish ham shu yerda.
- Mijoz kartasi yonidaSuhbat paytida mijozning bitimlari, tarixi va chatlari koʻz oldingizda.
- AI maslahatMijoz eʼtiroz bildirsa, jamoadagi eng yaxshi qoʻngʻiroqlardan olingan javobni taklif qiladi.
- Qoʻngʻiroqdan keyin xulosaSuhbat tugagach, natija va izohni belgilab, keyingi qoʻngʻiroqqa oʻtasiz.
- Motivatsiya va murabbiyMaqsadlar, ketma-ket kunlar va reyting. Murabbiy AI mijoz bilan mashq qoʻngʻiroqlarini oʻtkazadi.
CallSale endi Claude va ChatGPTʼda
Claude yoki ChatGPTʼdan biznesingiz haqida oddiy tilda soʻrang — javob CallSaleʼdagi oʻz maʼlumotlaringizdan keladi. Ilova faqat siz koʻradigan narsani koʻradi, oʻzgartirishdan oldin esa sizdan soʻraydi.
Sotuvda qayta keluvchi mijozlarni oshirish uchun nima qilish kerak?
Claude
CallSale · Mijozlar va sotuvlar
Koʻrib chiqdim: mijozlarning 63% bir marta xarid qilgan va qaytmagan. Uchta qadam:
- 1Anchadan beri xarid qilmaganlarga SMS yuboring48 kishi · 60 kundan beri xarid yoʻq — yangilik va 5% chegirma
- 2Xariddan bir hafta oʻtib qoʻngʻiroq qiling21 kishi · «Yoqdimi?» deb soʻrang va yangisini taklif qiling
- 3Doimiy mijozlarga alohida taklif qiling34 kishi · 3 martadan koʻp xarid qilganlar yangilikni birinchi boʻlib koʻrsin
Operatorlarga vazifalar yaratib, SMS matnini ham yozaymi?
Ha, yarat.
Masalan, shunday deb soʻrang
- Kechagi qoʻngʻiroqlarni qisqacha yozib ber: kim yaxshi gaplashdi, qaysi joyida xato boʻldi?
- Ertaga Shohonaga qoʻngʻiroq qilish uchun vazifa yarat.
- Jasur bugun nima bilan shugʻullandi?
Bir daqiqada ulanib ketadi
Batafsil- 1
Claude yoki ChatGPTʼda maxsus konnektor qoʻshing va mana bu manzilni kiriting:
https://app.callsale.uz/mcp - 2
CallSale orqali tizimga kiring, kompaniyani tanlang va «Ruxsat berish» tugmasini bosing.
- 3
Savol bering. Ruxsatni istalgan vaqt Sozlamalar → Claude va ChatGPT orqali bekor qilish mumkin.
CallSale narxi qancha?
Oltita xizmatdan keraklisini tanlang — narx darhol hisoblanadi.
Avval bir nechta savol0 / 7 javob
Instagram va Facebook’da target reklama berasizmi?
Mijozlar sizga Telegram yoki Instagram’da yozadimi?
Nechta operatoringiz bor?
AI operator nima qilishi kerak?
Oyiga necha nafar mijozga qo‘ng‘iroq qilsin?
Sotuv menejerlaringiz bormi?
Nechta agentingiz bor?
Sotuv jamoasini yo‘lga qo‘yishda yordam beramiz, narxni alohida kelishamiz.
Sizning hisobingizQaysi xizmatlar kerak?
AI operator narxi taxminiy: suhbat o‘rtacha 1 daqiqa. AI chatga oyiga 5 000 ta javob kiradi, keyingi har biri 50 so‘m. 6–10 operatorda: 990 000 so‘mga 5 ta operator kiradi, har bir qo‘shimchasi 150 000 so‘m. Narxga kirmaydi: telefon aloqasi daqiqalari va raqamlar, telefon apparatlari va quloqchinlar, Meta’ga to‘lanadigan reklama byudjeti.
7 kunda ishga tushirib beramiz
- 1
1-kun
Bepul audit
Reklamadan sotuvgacha jarayoningizni o‘rganamiz va narxni hisoblaymiz.
- 2
2–5-kun
Ishga tushirish
Raqamlar, AI operator va chat agent, Meta kabinet va agentlar ilovasini ulaymiz.
- 3
6–7-kun
O‘qitish
Operatorlar, sotuv agentlari va sizni tizimda ishlashga o‘rgatamiz.
- 4
Keyin
Qo‘llab-quvvatlash
Dushanbadan shanbagacha 9:00–19:00 ishlaymiz va masalalarni tezda hal qilamiz.
Oltita xizmatning hammasini olishim shartmi?
Yo‘q. Kerakligini tanlaysiz: birini yoki barchasini. Qaysini olsangiz ham, hammasi bitta tizimga ulanadi va bitta paneldan boshqariladi.
AI chat agent qayerda javob beradi?
Telegram, Instagram Direct va Facebook Messenger’da. Narx, mahsulot va yetkazib berish haqidagi savollarga sizning ma’lumotlaringiz asosida javob beradi, buyurtma oladi va murakkab savolni operatorga uzatadi.
AI operator nima degani?
Bu dastur mijozga o‘zi qo‘ng‘iroq qilib, odamga o‘xshab gapiradi va savollarga javob beradi. Mijoz qiziqsa, o‘sha zahoti jonli operatoringizga ulab beradi. Charchamaydi, kasal bo‘lmaydi, bir vaqtning o‘zida yuzlab qo‘ng‘iroq qila oladi.
AI haqiqatan o‘zbek tilida gapiradi va yozadimi?
Ha, o‘zbek va rus tilida gaplashadi va yozadi. Auditda uning mijozlaringiz bilan qanday gaplashishini eshitasiz va qanday yozishini ko‘rasiz.
Sotuv agentlari ilovasi qanday ishlaydi?
Agent telefoniga ilova o‘rnatiladi: kunlik marshrut, do‘konga kirganini GPS va foto bilan tasdiqlash, buyurtma va to‘lov. Siz esa hammasini xaritada jonli ko‘rasiz.
Telefon raqamlarimizni almashtirish kerakmi?
Yo‘q. Mavjud raqamlaringizni ulab beramiz. Zarur bo‘lsa, yangi raqam olishda yordam beramiz.
Ommaviy qo‘ng‘iroq qonuniymi? Raqamlar bloklanmaydimi?
Faqat o‘z mijozlar bazangizga va belgilangan vaqtda qo‘ng‘iroq qilamiz. Qo‘ng‘iroqlar tezligini aloqa kompaniyasi talabiga moslab sozlaymiz.
Ma’lumotlarimiz qayerda saqlanadi?
Qo‘ng‘iroqlar, chatlar, yozuvlar va baza sizning serveringizda yoki alohida himoyalangan serverda saqlanadi. Tizim butunlay sizniki bo‘ladi — bizga bog‘lanib qolmaysiz.
Narxga nimalar kirmaydi?
Telefon aloqasi daqiqalari va raqamlar, telefon apparatlari va quloqchinlar hamda Meta’ga to‘lanadigan reklama byudjeti alohida. Qolgan hammasi narxga kiradi. Bepul auditda yakuniy summani yashirin to‘lovlarsiz yozib beramiz.
Bepul audit.30 daqiqa.
Suhbatda:
- 1Reklamadan sotuvgacha qayerda mijoz yo‘qotayotganingizni ko‘rsatamiz
- 2AI mijozlaringiz bilan qanday gaplashishi va yozishini ko‘rsatamiz
- 3Aniq narx va 7 kunlik ishga tushirish rejasini beramiz
Yoki hoziroq qo‘ng‘iroq qiling













